Sadritdin Turobjonov
Sadritdin Maxamatdinovich Turobjonov | |
---|---|
Tavalludi |
7-mart 1965-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | muhandis-texnolog |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor, akademik |
Mukofotlari |
Sadritdin Maxamatdinovich Turobjonov (1965-yil 7-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik muhandis-texnolog olim, texnika fanlari doktori (1999), professor, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi aʼzosi — akademik[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sadritdin Turobjonov 1965-yil 7-mart Toshkent shahrida tugʻilgan. 1989-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[2]. 1996—2013-yillarda Toshkent Davlat texnika universitetining o‘quv ishlari boʻyicha prorektor, 2013—2017-yillarda Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti rektori lavozimida ishlagan[3]. 2017-yildan Toshkent davlat texnika universiteti rektori[4].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sadritdin Turobjonov ilmiy ishlari ogʻir organik sintez mahsulotlari texnologiyalari sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish, piridin, atseton, atsyetilen va uning hosilalari asosidagi murakkab efirlar hosil qilishning chiqindisiz texnologiyalarini yaratishga oid. 1994-yilda „Atsetilen, etilen birikmalar va aminlardan piridinli asoslarni katalitik sintezi va texnologiyasini yaratish“ mavzusida nomzodlik ishini, 1999-yilda „Atsetilen va uning hosilalari asosida piridinlar, atseton va murakkab efirlar olishning kam chiqindili texnologiyalarini yaratish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[2]. Sadritdin Turobjonov 6 ta patent, 6 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya, 20 ta oʻquv-uslubiy ishlanmalar, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Olim Qozogʻiston Respublikasi Xalqlar doʻstligi universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Moskva energetika instituti faxriy professori, Belarus davlat texnologiya universiteti faxriy fan doktori[5].
Mukofotlari va ilmiy unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 26-avgustda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan[6]. 2023-yil 23-dekabrda Sadritdin Turobjonov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi va unga akademik unvoni berildi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Об утверждении действительных членов Академии наук Республики Узбекистан“. president.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „В Ташкентском техническом университете сменился ректор“ (2017-yil 15-may).
- ↑ „Toshkent davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi“ (2017-yil 15-may).
- ↑ „Ректору крупнейшего университета Узбекистана присвоено звание Почётного профессора МЭИ“ (2022-yil 1-iyul).
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (2023-yil 26-avgust).
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yangi akademiklar tasdiqlandi“. oyina.uz. Qaraldi: 23-dekabr 2023-yil.